19:35 / 27.08.2019
2 311

Xolmuhammedovning jarimadan urgan goli evaziga "Qo‘qon 1912" "Nasaf"ni mag‘lub etdi

Xolmuhammedovning jarimadan urgan goli evaziga "Qo‘qon 1912" "Nasaf"ni mag‘lub etdi
Coca-Cola Superligasining 18-turidan o‘rin olgan "Qo‘qon-1912" - "Nasaf" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv maydon egalari hujumkor o‘yini bilan boshlandi. Ilk daqiqalardayoq "Qo‘qon 1912" futbolchilari jarima to‘pi tepish huquqiga ega bo‘ldilar. Bu vaziyatda Murod Xolmuxammedovning jarimadan yo‘llagan kuchli zarbasi bir oz noaniq ko‘rinish hosil qildi. Birinchi bo‘limning 5-daqiqasida kelib "Nasaf" jamoasi futbolchisi Xumoyun Murtazoyevning mezbonlar darvozasi tomon tepgan to‘piga aniqlik yetishmadi. 12-daqiqada burchakdan yetkazib berilgan to‘pni Shaxboz Erkinov boshi bilan qarshiliklar darvozasi tomon zarba berdi, bir oz noaniq.

Uchrashuvning 20-daqiqasida "Nasaf"ning 28-raqamli futbolchisi Xurshidbek Muxtorovning yerlatib yo‘llagan zarbasini qo‘qonliklar posboni Islom Abdullayev egallab oldi. 30-daqiqadaga kelib "Qo‘qon 1912" futbolchilarida qarshiliklar darvozasini ishg‘ol etish uchun qulay imkoniyat yuzaga kelganda, biroq bu vaziyatda Shaxboz Erkinov tomonidan yo‘llangan zarbani "Nasaf" posboni qiyinchilik bilan bartaraf etdi. 37-daqiqada mehmonlar "Qo‘qon 1912" darvozasiga to‘p kiritishgandi, biroq yon hakam vaziyatni "o‘yindan tashqari xolat" deb baholadi, Xumoyun Murtazoyev tomonidan kiritilgan gol inobatga olinmadi. Uchrashuv bosh hakami tomonidan birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqalar o‘tib borayotgan pallada mezbonlarning 10-raqamli futbolchisi Quvondiq Ro‘ziyevning zarbasi darvoza ustuniga tegib qaytdi.

Birinchi bo‘lim so‘ngiga qadar darvozalarga gol kiritilmadi va 0:0 hisobida yakuniga yetdi.
Ikkinchi bo‘lim har ikki jamoaning faol harakatatlari bilan boshlandi. Bo‘limning daqiqalarida to‘p uchun kurash asosan maydon markazida kechdi.

Uchrashuvning 55-daqiqasida yana o‘sha Shahboz Erkinov qarshiliklar darvozasini ishg‘ol etish qulay imkoniyatga ega bo‘ldi, uning bosh bilan yo‘llagan zarbasi xavfli chiqdi. 55-daqiqada mezbonlar tomonidan ijro etilgan jarima zarbasi samarasiz yakunlandi. Uchrashuvning 58-daqiqasida qarshiliklarning 14-raqamli futbolchisi Sharof Muhitdinovning kuchli zarbasini "Qo‘qon 1912" posboni mahorat ko‘rsatib, maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.

Shundan so‘ng uchrashuvda hisobni ochish uchun har ikki jamoa vakillarida imkoniyatlar yuzaga kelgan bo‘lsada, muxlislar o‘yindagi dastlabki golni 82- daqiqaga kelib ko‘rishga muvaffaq bo‘ldilar. Jarima zarbasi, to‘p yonida doimgidek Murod Xolmuxammedov, zarba va gol! "Qo‘qon 1912" uchrashuvning 81-daqiqasida hisobda oldinga chiqib oldi - 1:0. 89-daqiqada "Nasaf" jamoasi vakillarida hisobni tenglashtirish uchun imkoniyat yuzaga kelgandi, biroq bu vaziyatda Dilshod Saitovning zarbasiga aniqlik yetishmadi.
Uchrashuv shu tariqa "Qo‘qon 1912"ning 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakuniga yetdi.

Shu kuni Qo‘qon shahridagi "Markaziy" o‘yingohga ko‘plab futbol muxlislari tashrif buyurib, butun uchrashuv davomida sevimli jamoalarini qo‘llab-quvvatlab turdilar. Aytish joizki, kam sonli “Nasaf" jamoasi muxlislari uzoq yo‘l bosib Qo‘qon shahriga yetib kelganliklari e’tirofga loyiq.

"Qo‘qon-1912" - "Nasaf" 1:0
Gol:
Murod Xolmuhammedov 81, - 1:0.

"Qo‘qon-1912": 1.Islom Abdullayev, 4.Cobit Sindarov, 7.Jamshid Hasanov, 10.Quvondiq Ro‘ziyev, 14.Avaz Mamatxo‘jayev, 15.Oybek Rustamov, 17.Jahongir Ahmadov, 19.Suhrob Berdiyev, 22. Shahboz Erkinov, 65. Marko Milich, 70. Murod Holmuhammedov.
Zaxira: 33.Muzaffar Abdullayev, 5.Hojimat Erkinov, 9.Zafar To‘rayev, 11.Timur Hakimov, 16. Jasur Hasanov, 20.Iqbol Malikjonov, 27.Jasur Yoqubov, 72.Alisher Samatov, 91.Otabek Haydarov.

"Nasaf": 35.Abduvohid Ne’matov, 4.Husniddin Aliqulov, 6.Azizjon G‘aniyev, 9.Humoyun Murtozayev, 10.Bobir Abdixoliqov, 14.Sharof Muhitdinov, 17.Doniyorjon Narzullayev, 22.Akmal Mozgovoy, 28.Xurshidbek Muxtorov, 34.Sherzod Nasrullayev, 92.Umarbek Eshmurodov.
Zaxira: 21.Mashhurjon Muhammadjonov, 2.Sardor Sa’dullayev, 5.G‘olib G‘aybullayev, 8.Dilshod Saitov, 15.Jo‘rabek Mannonov, 16.Alisher Yusupov, 19.Sardor Abduraimov, 20. Islom Kenjaboyev, 30. Xudoyorxon Sagdullayev.

Manba: championat.asia

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Xolmuhammedovning jarimadan urgan goli evaziga "Qo‘qon 1912" "Nasaf"ni mag‘lub etdi