Ektor Kuper boshchiligidagi O‘zbekiston milliy jamoasi Toshkentda yig‘in boshladi

O‘zbekiston milliy jamoasi Toshkentda rejadagi yig‘inni boshladi, deb xabar beradi O‘FA sayti.
Ektor Kuper boshchiligidagi futbolchilar ilk mashg‘ulotini «Jar» stadionining zaxira maydonida o‘tkazishdi.
Bu yig‘in orqali milliy jamoa sentyabr oyida boshlanadigan JCh-2022 saralash o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rmoqda. 5 sentyabr kuni futbolchilarimiz safarda Falastinga qarshi maydonga tushishi lozim.
Ilk mashg‘ulotda asosan milliy chempionatimizdan to‘p tepayotgan futbolchilar ishtirok etishdi. Legionerlardan faqar Sanjar Shoahmedov yetib keldi. Qolgan futbolchilar yaqin orada milliy jamoa ixtiyoriga kelib qo‘shilishadi.
Futbolchilar 3 sentyabrga qadar Toshkentda shug‘ullanishadi. 29 avgust kungi mashg‘ulotlar «Chig‘atoy» bazasida soat 20:00da o‘tkaziladi.








Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Ektor Kuper boshchiligidagi futbolchilar ilk mashg‘ulotini «Jar» stadionining zaxira maydonida o‘tkazishdi.
Bu yig‘in orqali milliy jamoa sentyabr oyida boshlanadigan JCh-2022 saralash o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rmoqda. 5 sentyabr kuni futbolchilarimiz safarda Falastinga qarshi maydonga tushishi lozim.
Ilk mashg‘ulotda asosan milliy chempionatimizdan to‘p tepayotgan futbolchilar ishtirok etishdi. Legionerlardan faqar Sanjar Shoahmedov yetib keldi. Qolgan futbolchilar yaqin orada milliy jamoa ixtiyoriga kelib qo‘shilishadi.
Futbolchilar 3 sentyabrga qadar Toshkentda shug‘ullanishadi. 29 avgust kungi mashg‘ulotlar «Chig‘atoy» bazasida soat 20:00da o‘tkaziladi.








Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…