Xabaringiz bor, shu kunlarda O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi U-23 Osiyo chempionatiga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Har kunlik mashg‘ulotlar TTYMI stadionida bo‘lib o‘tyapti. Ma’lumki, kelasi yilning 8-26 yanvar kunlari Tailandda navbatdagi U-23 Osiyo chempionati bo‘lib o‘tadi. 26 sentyabr kuni Bangkokdagi "Rama Gardens" mehmonxonasida mazkur musobaqa uchun qur’a tashlash marosimi o‘tkaziladi.
Qur’a mexanizmiga ko‘ra, 16ta jamoa to‘rttadan to‘rt guruhga bo‘linadi va har bir guruhdan ikkitadan jamoa keyingi bosqichga yo‘l oladi. Musobaqa yakunida kuchli uchlikdan joy olgan jamoalar Tokio-2020 Olimpiada o‘yinlariga yo‘llanma oladi.
Bilasiz, Olimpiada o‘yinlari Yaponiya poytaxti Tokioda tashkil etiladi. Olimpiada o‘yinlarining futbol musobaqasi uchun Osiyoga mezbon Yaponiyadan tashqari yana uchta o‘rin ajratilgan. Agar Yaponiya olimpiya terma jamoasi U-23 Osiyo chempionatida yarim finalga qadar yetib boradigan bo‘lsa, unda to‘rtinchi o‘rinni qo‘lga kiritadigan jamoa qo‘shimcha imtiyozga ega bo‘ladi.
Hozirgi paytda 2020 yilgi U-23 Osiyo chempionatida o‘ynaydigan barcha 16ta jamoa ma’lum bo‘lib ulgurgan. Bular - Tailand, Qatar, Bahrayn, Iroq, BAA, Iordaniya, O‘zbekiston, KXDR, Janubiy Koreya, Yaponiya, Xitoy, Vetnam, Avstraliya, Eron, Suriya va Saudiya Arabistoni.
Shuningdek, savatchalar ham ma’lum. Biz qur’a paytida 1-savatchada bo‘lamiz.
1-savatcha: Tailand (mezbon), O‘zbekiston, Vetnam, Qatar
2-savatcha: Janubiy Koreya, Iroq, Yaponiya, KXDR
3-savatcha: Xitoy, Avstraliya, Iordaniya, Saudiya Arabistoni
4-savatcha: Suriya, Eron, BAA, Bahrayn.
Shunday qilib 26 sentyabr kungi qur’ada raqiblarimiz kim bo‘lishini bilib olamiz. Darvoqe Toshkentda yig‘in o‘tkazayotgan olimpiyachilarimiz tez orada eronlik tengqurlariga qarshi ikkita o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushishadi. Eron olimpiyachilari bilan dastlabki bahs 6 sentyabr kuni Olmaliqda, ikkinchisi 9 sentyabrda Toshkentda, "Paxtakor" stadionida bo‘lib o‘tadi. Har ikki bellashuv 19:00da start oladi.
Manba: championat.asia “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi