
Kecha, ajoyib bokschimiz Xurshidbek Normatov AQShning Konnektikud shtatida bo‘lib o‘tgan professional boks oqshomida ringa ko‘tarildi. Unga mezbon bokschi Valter Rayt raqiblik qildi.
Ushbu qarama-qarshilik reyting jangi maqomida bo‘ldi. Mag‘lubiyat bilmay kelayotgan yurtdoshimiz to‘liq 8 raund davom etgan jangda katta ustunlik bilan g‘alaba qozonishga muvaffaq bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz: Xurshidbek Normatov professional ringda 9 marotaba jang o‘tkazib, ularning barchasida g‘alaba qozongan. Uch bor nokaut qayd eta olgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar