Foto: Twitter/@GoldenBoyBoxing
Professional boksning super o‘rta (76,2 kg) vazn toifasida faoliyatini davom ettirayotgan Bektemir Meliqo‘ziyev (2-0, 2 KO) navbatdagi g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Kaliforniyada o‘tkazilgan jangda o‘zbekistonlik bokschi meksikalik Rikardo Luna Flores (22-7-1, 14 KO) bilan bahslashdi. Jang sakkiz raundga mo‘ljallangan bo‘lsa-da, birinchi raunddayoq nihoyasiga yetdi.
Bektemir Meliqo‘ziyev Rikardo Luna Floresni qator aniq zarbalar bilan qulatdi. Jang hakami raund yakuniga 56 soniya vaqt qolganida nokaut holatini qayd etdi.
. @bektemirmelikuziev takes care of business on round one by KO!#ODLHFoundation’s
— Golden Boy (@GoldenBoyBoxing) August 31, 2019
TV Local Listings & Ticket Link
???? https://t.co/XTb5PRvMpT
???? https://t.co/esfrOAMTWi + https://t.co/MzhColIR2L pic.twitter.com/WO50D3m11l
Eslatib o‘tamiz, Bektemir Meliqo‘ziyev joriy yilning 14 iyun kuni Los-Anjelesda, Hollivuddagi The Avalon saroyida professional boksdagi ilk jangida shu vaqtga qadar professional ringda 46 jang o‘tkazgan argentinalik Martin Fidel Riosga (23-20-4, 13 KO) qarshi ringga ko‘tarilgandi. 6 raundga mo‘ljallangan jangning birinchi raundidayoq profi-boksdagi faoliyatini «bezori» (Bully) laqabi bilan boshlagan o‘zbekistonlik sportchi tomonidan berilgan dastlabki kuchli zarba Riosni yerga qulatdi va hakam sof nokaut qayd etdi.
Bektemir Meliqo‘ziyev shu yilning aprelidan buyon Amerikada «Mir boksa» promouterlik klubi tarkibida mashg‘ulotlarda ishtirok etib kelmoqda. Uning murabbiylari Joel Dias va Antonio Dias hisoblanadi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
Peterburgda yong‘in vaqtida odamlarni qutqargan o‘zbekistonlikka surat sovg‘a qilindi
Qodirovning 16 yashar o‘g‘li Putin nomidagi Rossiya maxsus kuchlari universiteti kuratori bo‘ldi
Sensatsiya! Afg‘oniston futzal bo‘yicha jahon chempionatiga chiqdi!
Vadim Abramov: "Vazifamiz keyingi bosqichga chiqish edi, afsuski, buni uddalay olmadik"
Saidjamshid Ja’farov qozog‘istonlik raqibini mag‘lub etib, IBA Asia kamarini qo‘lga kiritdi
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Telegram Ukraina «GUR»ning «razvedka boti»ni blokladi