Shomurodovning dubli "Rostov"ni peshqadamga aylantirdi

Shomurodovning dubli "Rostov"ni peshqadamga aylantirdi
Rossiya Premyer-ligasi 8-turidan o‘rin olgan "Lokomotiv" hamda "Rostov" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin o‘z nihoyasiga yetdi.
"RJD-Arena"da kechgan uchrashuvda mehmonlar 2:1 hisobida zafar quchishdi. Hamyurtimiz Eldor Shomurodovning ikki goliga mezbonlar safida Anton Miranchik bir bor javob qaytardi.

Shu tariqa Valeriy Karpin shogirdlari hisobidagi ochkolar soni 17 taga yetdi va jamoa turnir jadvalida peshqadamga aylanib oldi. Ikkinchi o‘rindagi "Krasnodar" hisobida 7 bellashuvda 14 ochko mavjud.
Shomurodov esa bu mavsum Premyer-ligada kiritgan gollari sonini 7 taga yetkazgan holda to‘purarlar bahsida mutlaq yetakchiga aylandi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar