“Napoli” bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Italiya A seriyasining 2-turida “Yuventus”ga (3:4) uchralgan mag‘lubiyatga izoh berdi.
“Raqib bizga bosim o‘tkazishiga yo‘l qo‘yib berdik. Fabian Ruis birinchi bo‘limda turinlik himoyachilar tomonidan juda yaxshi “qo‘riqlandi” va biz unga to‘pni yetkazib bera olmadik. Qarshi hujumlarda gol urish imkoni bo‘lsada, bu imkoniyatlardan foydalana olmadik.
Ronaldu va Iguain gol urgan vaziyatlarda himoyachilar o‘z o‘rinlarida edi. Uchinchi gol kiritilganida darvozamiz oldida 7-8 kishi bo‘lib himoyalanayotgandik.
Tanaffusdan keyin Fabian Ruis faol harakat qila boshladi va raqiblariga qiyinchilik tug‘dirdi. Himoya individual harakatlar evaziga qurilmaydi. Biz ikkita turda yettita gol o‘tkazdik, sababi butun jamoa borini berib harakatlanmayapti.
Kulibali terma jamoasi safiga bormaydi, shu bois u ikki hafta mobaynida biz bilan shug‘ullanib, kerakli “forma”ga kirib olishi mumkin”, deya Anchelottining so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Sky Sport Italia. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi