
Xabaringiz bor, «Navbahor» klubida yana o‘zgarishlar yuz bergan bo‘lib, rossiyalik Andrey Kanchelskis bosh murabbiylik lavozimiga qaytarildi. Hozirda esa namanganliklar ushbu murabbiy boshchiligida mashg‘ulotlarni davom ettirishmoqda.
Olingan ma’lumotlarga qaraganda, namanganliklar O‘zbekiston U-19 terma jamoasi bosh murabbiyi Otabek G‘ulomxo‘jayevga taklif bilan chiqishgan. Bu orqali «Navbahor»ning murabbiylar shtabini yanada kengaytirish ko‘zda tutilganligini payqash qiyin emas.
E’tiborlisi, G‘ulomxo‘jayev chindan ham «Navbahor»dan taklif bo‘lganligini tan oldi. Lekin hozircha uning klubda ishlashi yoki ishlamasligi borasida bir nima deyish qiyin. Boisi, ushbu yosh mutaxassis bor e’tiborini terma jamoaga qaratgan holda oldinda turgan Osiyo chempionati saralash bahslariga jiddiy ahamiyat bermoqda. Ammo mazkur vaziyat bo‘yicha voqealar rivojini kuzatib boramiz.
NavbahorAndrey KanchelskisTerma JamoaOtabek G‘ulomxo‘jayevOsiyo ChempionatiYosh Mutaxassis O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar