15:15 / 05.09.2019
2 595

Mirziyoyev: «Sportchilar kundalik turmush muammolarini o‘ylasinmi yoki Olimpiadaga jiddiy tayyorgarlik ko‘rsinmi?»

Mirziyoyev: «Sportchilar kundalik turmush muammolarini o‘ylasinmi yoki Olimpiadaga jiddiy tayyorgarlik ko‘rsinmi?»
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 4 sentyabr kuni jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, xalqaro musobaqalarga tayyorgarlikni kuchaytirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Kun.uz nashri xabariga ko‘ra, yig‘ilishda sportchilarning turmush sharoiti, ularni rag‘batlantirish haqida ham so‘z yuritildi.
«Toshkent va Samarqand viloyatlari hokimliklari o‘zlaridan chiqqan olimpiyachilarning turmush sharoiti va oilasidan biror marta ham xabar olmagan.

Umuman, sportchilarimiz kundalik turmush muammolarini o‘ylasinmi yoki Vatanimiz sha’nini himoya qilish, madhiyamiz baralla yangrashi uchun Olimpiadada g‘alaba qozonish yo‘lida jiddiy tayyorgarlik ko‘rsinmi?

Shuning uchun, Milliy Olimpiya qo‘mitasi (Shoabduraxmonov), Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (Nabiyev) sport Federatsiyalari va hokimliklar bilan birgalikda saralab olingan 420 nafar sportchilarning yaqin oylarda o‘tkaziladigan xalqaro musobaqalarda yuqori o‘rin egallab, Olimpiadaga litsenziyani qo‘lga kiritishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha uch kun muddatda «yo‘l xaritasi»ni ishlab chiqib, ijrosini kunlik nazoratga olsin.

Bunda, litsenziyani qo‘lga kiritish imkoniyati yuqori bo‘lgan kamida 150 nafar sportchilarning oilaviy sharoitidan tortib, Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etish bilan bog‘liq barcha muammolarini hal etishga alohida e’tibor qaratish zarur va shart!» - dedi prezident.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Mirziyoyev: «Sportchilar kundalik turmush muammolarini o‘ylasinmi yoki Olimpiadaga jiddiy tayyorgarlik ko‘rsinmi?»