
Foto: Fightnews
UFC jangchisi Deyvi Ramos o‘zini yengil vazn toifasida Habib Nurmagomedovni yengishga qodir yagona jangchi deb hisoblamoqda.
«Habib o‘z jang uslubi sabab raqiblarining 80-90 foizi ustidan katta ustunlikka erishgan. Faqatgina Islom Maxachev bundan mustasno. Uning ham uslubi Habibnikiga o‘xshash. Shunisi aniqki, Habib men unga yetib bormagunimcha chempionlikni o‘zida saqlab qoladi. Bu kundek ravshan. U qilayotgan ish — jang qilishi va bosim o‘tkazish. Men esa butun hayot faoliyatim davomida jiu-jitsu bilan shug‘ullanib kelmoqdaman. Shunday ekan, Habibning bosimiga ko‘nika olmagan raqiblar singari holatdan qo‘rqmayman», — deydi Deyvi Ramos.
Eslatib o‘tamiz, Ramos 7 sentyabr kuni UFC 242 oqshomida aynan Islom Maxachev qarshi jang qiladi.
Deyvi RamosHabib NurmagomedovUFC jangchisiYengil vaznJang uslubiJiu-jitsu O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar