O‘zbekiston futzal terma jamoasi xalqaro musobaqa g‘olibi bo‘ldi

O‘zbekiston futzal terma jamoasi xalqaro musobaqa g‘olibi bo‘ldi
Futzal bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi Indoneziyadagi musobaqada g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.
Musobaqadagi avvalgi 2 ta bahsni ham o‘z foydasiga hal qilgan terma jamoamiz bugun Xitoy Taypeyi bilan to‘qnash keldi.

Qiziqarli tarzda kechgan va terma jamoamiz ustunligi ostida o‘tgan bellashuvda 8:0 hisobi qayd etildi va vakillarimiz musobaqadagi barcha raqiblarini mag‘lub etgan holda bosh sovringa ega chiqishdi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar