
Foto: «Sport-Ekspress»
7 sentyabr kuni Abu Dabi shahrida bo‘lib o‘tgan UFC 242 musobaqasining eng yaxshi jangi aniqlandi. Bu haqda UFC prezidenti Deyna Uayt ma’lum qildi.
«Habib oqshomning eng yaxshi jangi uchun qo‘shimcha bonus oladi. Bu qoyilmaqom jang bo‘ldi. Habib—Pore jangi boshqalarnikidan ustun bo‘ldi. Pore Habibni «qatl etish»ga harakat qildi. Hamma ham Habibdek turib bera olmaydi. Oddiy odamlar bunday holatda o‘zidan ketib qolishi aniq, ammo Habib emas», — deydi Deyna Uayt.
Shu tariqa, UFC 242 musobaqasining eng yaxshi jangi sifatida Habib—Pore to‘qnashuvi e’tirof etildi.
UFC 242Abu DabiEng Yaxshi JangHabib PoreDeyna UaytMusobaqa Jangi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar