Foto: Elsa/Getty Images
Tennis bo‘yicha AQSh ochiq chempionati finalida rossiyalik Daniil Medvedev ispansiyalik Rafael Nadalga mag‘lub bo‘ldi.
Musobaqaning 5-raqamli tennischi Medvedev Nadalga 5:7, 3:6, 7:5, 6:4, 4:6 hisobida imkoniyatni boy berdi. Uchrashuv 4 soat 49 daqiqa davom etgan. Sportchilar o‘zaro 2-marta uchrashishdi va navbatdagi marta Nadalning qo‘li baland keldi.
Professional tennischilar reytingida 2-o‘rinni egallayotgan 33 yoshli Nadal US Open’ning 4 karra g‘olibiga aylandi. Uning hisobida shuningdek Roland Garros’da 12 ta, Uimbldonda 2 ta va Avstraliya ochiq chempionatida bitta g‘alaba bor. Shu tariqa, ispaniyalik Katta dubulg‘a musobaqalarining 19-karra g‘olibiga aylandi. U bu ko‘rsatkich bo‘yicha faqatgina shveysariyalik Rojer Federerdan (20 ta g‘alaba) ortda qolmoqda.
Medvedev 2005 yildan beri Katta dubulg‘a musobaqasi finaliga chiqa olgan ilk rossiyalik bo‘ldi. Oxirgi marta bunday imkoniyatga Avstraliya ochiq chempionatida Marat Safin ega bo‘lgandi. Shuningdek, US Open’da g‘alaba qozongan yagona rossiyalik erkak tennischi ham Safin hisoblanadi.
AQSh ochiq chempionati Katta dubulg‘a musobaqalarining mavsumdagi to‘rtinchi va yakuniy musobaqasi hisoblanadi. Joriy yilda uning mukofot jamg‘armasi 57 mln dollarni tashkil qildi. Ushbu summadan g‘olibga 3,85 mln dollar, finalchiga 1,9 mln dollar beriladi.
7 sentyabrda musobaqaning ayollar o‘rtasidagi finalida 19 yoshli kanadalik Byanka Andreyesku afsonaviy Serena Uilyamsni mag‘lub eta olgandi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi