Lionel Messi Miroslav Klose rekordini takrorladi: Argentinalik yulduzdan navbatdagi moʻjiza

Argentina terma jamoasi sardori Lionel Messi Jaxon chempionati-2026 saralash bahslari doirasida Jazoirga qarshi kechgan oʻyinda (3:0) tarixiy natijani qayd etdi. Kansas City shahrida oʻtgan uchrashuvda "Inter Miami" hujumchisi raqib darvozasiga uchta gol urib, xet-trik muallifiga aylandi. Bu natija orqali u mundiallar tarixidagi eng yaxshi toʻpurarlar roʻyxatida peshqadamlik qilayotgan Miroslav Klose bilan tenglashib oldi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.
Kelasi hafta 39 yoshni qarshi oladigan Lionel Messi maydonda hamon yuqori darajadagi oʻyin namoyish etmoqda. ESPN nashriga bergan intervyusida futbolchi oʻzining bunday uzoq vaqt davomida yuqori sport formasida qolishi sirlari bilan oʻrtoqlashdi. Uning soʻzlariga koʻra, u hozirda tennis afsonasi Rafael Nadal haqidagi hujjatli serialni tomosha qilmoqda va undan katta motivatsiya olmoqda.
Rafael Nadal va cheksiz ishtiyoq
"Men hozir oʻyindan zavq olyapman, maydonda oʻzimni juda baxtli his qilyapman. Futbol oʻynashni bolaligimdan beri sevaman va har doim borimni berishga harakat qilaman. Hozirda Rafael Nadal haqidagi serialni koʻryapmiz va men oʻzimni unga oʻxshataman — u kabi bor kuchimni berishga va qilayotgan ishimdan zavqlanishga intilaman", — dedi Messi oʻyindan soʻng.Ushbu xet-trik Messini germaniyalik Miroslav Klose bilan bir qatorga olib chiqdi. Shuningdek, ushbu roʻyxatda braziliyalik Ronaldo va oʻsha kuni oʻz hisobiga ikkita gol yozdirib qoʻygan Kylian Mbappe ham bor. Biroq, Argentina terma jamoasi sardori rekordlarga ortiqcha eʼtibor bermasligini, ular shunchaki statistika ekanini taʼkidladi.
Zamonaviy futbol va qiyin gʻalaba
Garchi hisob yirik koʻrinish olgan boʻlsa-da, Messi Jazoirga qarshi bahs oson kechmaganini tan oldi. Uning fikricha, hozirgi kunda xalqaro maydonda kuchsiz jamoaning oʻzi qolmagan. Ayniqsa, birinchi boʻlimda toʻp nazoratini ushlab turish Argentina uchun qiyinchilik tugʻdirganini qayd etdi."Jazoirda dinamik va sifatli futbolchilar bor. Biz oʻyinni nazorat qilishga urindik, lekin toʻpga egalik qilishda muammolarga duch keldik. Bu Jaxon chempionati barcha jamoalar juda yaxshi tayyorgarlik koʻrganini koʻrsatmoqda. Hech kim gʻalabani shunchaki qoʻshqoʻllab topshirib qoʻymaydi", — deya qoʻshimcha qildi hujumchi.
Lionel Messi oʻzining terma jamoadagi uzoq va mashaqqatli yoʻlini ham esga oldi. Qatardagi 2022-yilgi gʻalaba va Amerika Kubogidagi muvaffaqiyatlardan soʻng, Argentinada futbolga boʻlgan qarash butunlay oʻzgarganini va jamoa Lionel Scaloni qoʻl ostida oltin davrni boshdan kechirayotganini eʼtirof etdi.






























Izohlar 0
…