Xabaringiz bor, ayni kunlarda Rossiya Federatsiyasining Yekaterinburg shahrida boks bo‘yicha Jahon chempionati bahslari bo‘lib o‘tmoqda.
Kecha jahon birinchiligida 1/16 final bosqich uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Unda uch nafar hamyurtimiz ringga ko‘tarildi. -52 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Shahobiddin Zoirov mazkur bosqichda Dominikan Respublikasi vakili, kuchli bokschi, Panamerika o‘yinlari g‘olibi Rodrigo Martega qarshi jang qildi va g‘alaba qozonib, 1/8 finalga yo‘l oldi. Zoirov 17 sentyabr kuni chorak final yo‘lida qirg‘izistonlik Azat Usenaliyevga qarshi ringga ko‘tariladi.
-75 kg vaznda esa Fanat Qahramonov chorak final bosqichi doirasida braziliyalik Ebert da Konseysaoga qarshi jang qiladi. Mazkur bellashuv 16 sentyabr kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, -63 kg vaznda yana bir yurtdoshimiz Elnur Abduraimov ham bugun 1/8 final bosqichiga chiqish uchun amerikalik Keyshovn Devisga qarshi jang o‘tkazdi va imkoniyatni boy berib, musobaqa bilan xayrlashdi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi
NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik”
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin
Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi
Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin