Rossiyaning Yekaterinburg shahri mezbonlik qilayotgan boks bo‘yicha jahon chempionatining to‘qqizinchi kunida O‘zbekiston boks terma jamoasining yana ikki vakili chorak finalga chiqdi.
O‘zbekison sharafini -57 kg vazn toifasida himoya qilayotgan Miraziz Mirzaxalilov 1/8 finalda marokashlik Muhammad Hamutga qarshi bahs olib bordi.
Raqibiga qaraganda kuchli va aniq zarbalar yo‘llay olgan Mirzaxalilov ushbu bellashuvni o‘z foydasiga hal qildi (4:1) va chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. U keyingi bosqichda Kayrat Yeraliyev (Qozog‘iston) va Butdi Chatchai (Tailand) juftligi g‘olibi bilan to‘qnash keladi.
Shuningdek, -69 kilogramm vazn toifasida Bobousmon Baturov amerikalik Delante Jonsonga qarshi bahs olib bordi. 3 raund yakuniga ko‘ra Bobousmon Baturov musobaqani davom ettiradigan bo‘ldi (5:0). Endi u chorak finalda Bayarxu Ganbatar (Mo‘g‘iliston) va Ziyad Eyshash (Iordaniya) juftligi g‘olibi bilan kuch sinashadi.
Bungacha O‘zbekiston boks terma jamoasining -52 kg vazn toifasidagi vakili Shahobiddin Zoirov qirg‘izistonlik Azat Usenaliyevni yengib, chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritgandi.
Terma jamoaning uch vakili esa turnirdagi ishtirokini erta yakunladi. Biroz oldinroq, -91 kg vazn toifasidagi Sanjar Tursunov hindistonlik Sanjit Sanjitga yutqazib, turnirdagi ishtirokini yakunladi. Ungacha -75 kg vazn toifasi vakili Fanat Qahramonov va -63 kg vazn toifasidagi Elnur Abduraimov ham turnirni nimchorak finaldan tark etgandi.
O‘zbekiston terma jamoasining yana 2 nafar vakili chorak final yo‘llanmasi uchun ringga ko‘tariladi.
-81 kg: Dilshod Ro‘zmetov – Andre Paul Aradoay (Ruminiya)
+91 kg: Bahodir Jalolov – Sotne Rogava (Ukraina).
Janglarni tomosha qilish uchun link:
Ring B: Dilshodbek Ro‘zmetov - Andrei Aradoay, 21:30 dan so‘ng, Bahodir Jalolov - Sonte Rogava, 22:40dan so‘ng. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin