"Real" klubi bosh murabbiyi Zinedin Zidan Chempionlar Ligasining 1-turida PSJ (0::3) dan uchralgan mag‘lubiyatdan keyin, o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Bizda shiddat yo‘q edi. To‘p uchun kechgan yakkakurashlarda yutqazaverdik. PSJga qarshi o‘ynaganingizda bu holat vaziyatni murakkablashtiraveradi.
PSJ yaxshi jamoa. Ular vaziyatlarni yaratadilar. Ammo bu meni bezovta qiladigan narsa emas. Mening jamoam musobaqaning talab darajasi va shunday raqibga qarshi tura olishga tayyor bo‘lmagani havotirlantirmoqda.
Parijliklar barcha jabhada bizdan ustunlik qilishdi. Asosiysi shiddatli o‘ynashdi. Bu meni bezovta qildi, albatta. PSJ bizga bosim o‘tkazishini bilardik, ammmo bellashuvning har qaysi daqiqasida ham biz go‘yo-ki o‘yinda emas edik.
Odatda biz ko‘p vaziyatlar yaratamiz, bugun ham ikkita golimiz hisobga olinmadi. Ammo bu gollar bilan ham imkoniyatimiz yetarli bo‘lmas edi.
Biz yutganimizda - barchaning g‘alabasi, yutqazganimizda - hamma aybdor.
Shiddat, bu maydondagi eng asosiy narsa. Siz yomon o‘yin o‘tkazishingiz mumkin, lekin siz shiddatni oshirib, to‘p uchun oyoqlaringizni qattiqroq qo‘yib, yakkakurashlarda yutsangiz g‘alabaga erishishingiz mumkin. Ammo bugun buni qilganimiz yo‘q," - Zidan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?