09:17 / 23.09.2019
987

Abramov 2:1 hisobidagi g‘alabadan so‘ng: Eng yomon o‘yinimizni namoyish etdik

Abramov 2:1 hisobidagi g‘alabadan so‘ng: Eng yomon o‘yinimizni namoyish etdik

Superliganing 20-turidan o‘rin olgan «Bunyodkor» - «Qizilqum» (2:1) uchrashuvidan keyin o‘tkazilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar ustozi Vadim Abramov ishtirok etdi.

"Bugungidek yomon o‘ynamagandik. Birinchi bo‘limda raqib darvozasi ikki bor ishg‘ol etildi, tanaffusdan keyin o‘yinimiz «buzilib» ketdi. Bu nima bilan bog‘liq ekanligini bilmadim. Fikrimcha, ikki asosiy futbolchimiz – To‘rayev va G‘iyosovning yo‘qligi ham sezildi. Yoki mavsum yakunlangani sari o‘yinlar ham «og‘irlashib» borayotgani bilinayotgandir?!

Zuhurov jarohatdan keyin o‘yinni davom ettira olmadi. Jarohatini qancha muddat davolatishini ertaga bilib olamiz. Taxminimcha, davolanishga bir hafta ketsa kerak. Bizni O‘zbekiston Kubogi doirasida muhim uchrashuv kutib turibdi. «Bunyodkor» ham AGMK ham o‘z oldiga Kubokni yutish vazifasi qo‘ygan", - deb Abramovning so‘zlarini keltirib o‘tdi klub rasmiy sayti.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)