Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi hamda Oʻzbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Ektor Kuper oʻrtadagi mavjud shartnomani oʻzaro kelishuvga asosan bekor qilishdi. Bu haqda tashkilot rasmiy sayti xabar berdi.
“Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi hamda Oʻzbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Ektor Kuper oʻrtadagi mavjud shartnomani oʻzaro kelishuvga asosan bekor qilishdi.
2018-yilning avgust oyida Oʻzbekiston milliy terma jamoasi boshqaruviga kelgan argentinalik mutaxassis bosh jamoamizga 1 yildan ortiqroq muddat davomida ustozlik qildi.
Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi Ektor Kuper hamda uning boshchiligidagi murabbiylar shtabiga Oʻzbekiston milliy terma jamoasidagi faoliyati uchun minnatdorchilik bildiradi va ularga kelgusi faoliyatida omad tilaydi”, deyiladi OʻFA xabarida.
Ektor Kuper bilan 2018-yilning 1-avgustidan 2021-yilning 30-noyabrigacha, JCH-2022 saralash sikli uchun shartnoma tuzilgandi va agar terma jamoa Qatarda oʻtkaziladigan mundialga yoʻllanma olsa shartnoma avtomatik tarzda turnir yakunigacha uzaytirilishi koʻzda tutilgandi.
Oʻtgan vaqt mobaynida Kuper Oʻzbekiston terma jamoasini 17 oʻyinda maydonga boshlab tushdi, bu oʻyinlarda 7 gʻalaba, 4 durang va 6 bor magʻlubiyat qayd etildi. 2019-yilgi Osiyo Kubogida Oʻzbekiston terma jamoasi nimchorak finalda Avstraliyaga penaltilar seriyasida yutqazdi (0:0, 2:4).
Maʼlumotlarga koʻra, endilikda terma jamoa bosh murabbiyi lavozimi uchun ikki nomzod koʻrib chiqilmoqda: 2017-yildan buyon “Paxtakor”da ishlayotgan Shota Arveladze va hozirda “Bunyodkor”ni boshqarayotgan Vadim Abramov. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin