18:40 / 23.09.2019
4 454

Rossiya OAVda Kuperning iste’fosi haqidagi xabarlarga qanday fikrlar bilidirilmoqda?

Rossiya OAVda Kuperning iste’fosi haqidagi xabarlarga qanday fikrlar bilidirilmoqda?
Xabaringiz bor, bugun O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi bo‘lib ishlab kelgan Ektor Kuper iste’foga chiqdi.
Bu borada Rossiya Ommaviy Axborot Vositalarida ham xabar berib o‘tishdi. Aynan shu xabarlarda muxlislar tomonidan qoldirilgan izohlarga e’tiboringizni qaratamiz.

Rossiya internet axborot agentligining sportga oid bo‘lgan eng mashhur saytlaridan biri "Sports.ru" Kuper O‘zbekiston terma jamoasidan bo‘shatildi deb xabar yozgan. Ushbu xabarga muxlislar turli fikrlar qoldirishgan:

Kakadurdy Rejebow: Hatto Shomurodov ham O‘zbekiston termasiga yordam bera olmadi! Kuperning oldiga JCh-2022 ga chiqish vazifasi qo‘yilgan edi.

Pol Anri: Falastin yomon terma emas edi. Asosiy futbolchilari legioner hisoblanishadi. Hatto Yevropada to‘p suruvchi futbolchilari bor va aynan shular terma jamoadagi asosiy rolni ijro etishadi.

Alex4S4: Kuper allaqachon nafaqaxo‘r, nima uchun u uyida o‘tira olmaydi?

S.A.N.: Mantiqiy yurish bo‘libdi. Yosh murabbiy sifatida, Falastinlik murabbiy Kuperni taktik tomonlama yengdi. Aslida ushbu o‘yindan keyinoq, darhol ishdan bo‘shatishlari kerak edi.

Djakomo Sifilini: Endi qayerga? Butangami?

Mikas7: O‘ylaganingizchalik, O‘zbekiston kuchsiz emas. SSSR davrida Rossiya va Ukraina bilan yuqori cho‘qqilar uchun kurashar edi (Djakomo Sifiliniga javob tariqasida).

Vladimir Samsonov: Menimcha, SSSR davrida Rossiya va Ukrainadan keyin, O‘zbekiston 3-raqamli mamlakat edi, yana Armaniston ham kuchli edi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Rossiya OAVda Kuperning iste’fosi haqidagi xabarlarga qanday fikrlar bilidirilmoqda?