11:40 / 25.09.2019
2 766

«The Best» so‘rovnomasi: Messi yana Ronalduni qo‘lladi, Krishtianu esa hech qachon Leoga ovoz bermagan

«The Best» so‘rovnomasi: Messi yana Ronalduni qo‘lladi, Krishtianu esa hech qachon Leoga ovoz bermagan
Yilning eng yaxshi futbolchisini aniqlash uchun FIFA tomonidan o‘tkazilgan so‘rovnomada Lionel Messi qatorasiga ikkinchi marta Krishtianu Ronalduga ovoz berdi.

Argentina terma jamoasi sardori sifatida so‘rovnomada qatnashgan Messi eng yaxshilar uchligida Sadio Mane, Krishtianu Ronaldu va Frenki de Yongni ko‘rsatib o‘tgan.

O‘z navbatida, Leoning portugaliyalik hamkasbi Ronaldu ham Frenki de Yongni e’tirof etgan, shuning barobarida Matteys de Ligt va Kilian Mbappe uchun ovoz bergan.

ESPN xabariga ko‘ra, Krishtianu hozirga qadar yil laureatlarini aniqlash bo‘yicha so‘rovnomalarda biror marta Messiga ovoz bermagan.
Argentinalik hujumchi esa raqobatchisini ikki marta qo‘llab-quvvatlagan – 2018 yilda 3-o‘rinda ko‘rsatib, 2019 yili 2-o‘ringa munosib ko‘rgan.

Eslatib o‘tamiz, 2019 yilgi «The Best» sovrini Lionel Messiga nasib etdi, Ronaldu esa uchinchi o‘rinda qayd etildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «The Best» so‘rovnomasi: Messi yana Ronalduni qo‘lladi, Krishtianu esa hech qachon Leoga ovoz bermagan