
O‘tgan mavsum BAA chempionatida g‘olib bo‘lgan «Sharja» futbolchisi Otabek Shukurov O‘zbekiston milliy jamoasining Yaman va Singapurga qarshi o‘yinlariga chaqirilgan. Otabek 6 oydan so‘ng ilk marta milliy jamoaga chaqirildi.
Shukurov mart oyida Xitoyga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida jiddiy jarohat olgan va uzoq muddatga safdan chiqqandi. Shundan so‘ng aprelda operatsiya qilingan Otabek BAA superkubogi o‘yinida maydonga tushib, jamoasining g‘alabasiga o‘z hissasini qo‘shgandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar