Bizning vaqt bilan ertaga tong saharda AQShning Kaliforniya shtati Los-Anjeles shahrida professional boks kechasi bo‘lib o‘tadi.
Oqshomning markaziy jangi yarim o‘rta vazn toifasida o‘tkaziladi. Unda IBF chempioni Errol Spens hamda WBC kamari sohibi Shon Porter birlashtiruvchi chempionlik jangida ringga ko‘tarilishadi.
Bugun bokschilar tarozidan o‘tish marosimida ishtirok etishdi va e’tiborlisi har ikkala chempion ham bir xil tosh bosishdi - 66,7 kilogramm.
Ma’lumot uchun, hamyurtimiz Qudratillo Abduqahhorov IBF reytingida birinchi o‘rinni egallab turibdi. Chempion Errol Spens hozircha o‘zini Abduqahhorovdan olib "qochib" yuribdi.
Boks kechasining nufuz jihatidan ikkinchi ahamiyatli jangi ikkinchi yarim o‘rta vazn (76,2 kg) toifasida bo‘lib o‘tadi. WBC Regular chempioni Entoni Direll kamarini "ta’til"dagi WBC chempioni David Benavidesdan himoya qiladi. Bu ikki bokschi ham bir xil vazn qayd etishdi - 76 kilogramm. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
Ro‘ziqul Berdiyev: "Kubok o‘yinlari davomida yigitlarda kuchli ishtiyoq sezmadim"
Shimoliy koreyaliklarning aql bovar qilmaydigan 7 ta kundalik odati
Timur Kapadze Indoneziyaga qarshi kechadigan yarim final bahsidan oldin nimalar dedi?
Gaaga sudi Isroil harakatlarini tekshiruvdan o‘tkazmoqda
O‘zbekistonning eksport va importida yuqori ulushga ega davlatlar ma’lum qilindi
O‘zbekistonning tog‘li hududlarida qor yog‘di
Iordan daryosi G‘arbiy sohilida falastinlik talabalar nemis diplomatini tadbirdan quvib chiqardi