
Xabaringiz bor, bugun JCH-2022 ikkinchi saralash bosqichi 3-turidan oʻrin olgan Oʻzbekiston - Yaman uchrashuvi boʻlib oʻtadi. Oʻyin 17:00da “Paxtakor” stadionida oʻtkaziladi.
Ushbu bahs oldidan vakillarimiz tarkibida jiddiy yoʻqotish bor. Yaʼni terma jamoamiz sardori Odil Ahmedov kichik jarohat olgan. Buni murabbiy Vadim Abramov ham kechagi matbuot anjumanida tasdiqladi.
Hozircha uning maydonga tushishi soʻroq ostida. Agar Ahmedovning holati yaxshi boʻlsa maydonga tushishi mumkin. Lekin buning imkoniyati kamroq. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar