19:26 / 10.10.2019
3 333

Yaman bosh murabbiyi: "Falastinga qarshi o‘yin bilan taqqoslaganda butunlay boshqa O‘zbekistonni ko‘rdik"

Yaman bosh murabbiyi: "Falastinga qarshi o‘yin bilan taqqoslaganda butunlay boshqa O‘zbekistonni ko‘rdik"
JCh-2022 saralashi doirasidagi O‘zbekiston - Yaman uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida dastlab mehmonlar ustozi Sami Al Nash qatnashdi.
"Bugungi o‘yinda tajriba borasidagi farq sezilib qoldi. Raqiblarimiz bizdan ancha tajribali. O‘zbekiston terma jamoasida juda ko‘plab vaziyatlar yuzaga keldi va 5ta gol urishdi. Bizda bunday holatlar kam bo‘ldi, ulardan foydalanishda oqsadik", - deydi bosh murabbiy.

- O‘zbekistonni o‘rganishda baribir Falastinga qarshi o‘yinni ko‘rgan bo‘lsangiz kerak, o‘sha o‘yin bilan bugungi o‘yindagi O‘zbekistonning eng asosiy farqi nimada?
- Falastin bilan o‘yin va bugungi bahs o‘rtasida katta farq bo‘ldi. Eng katta ustunlik o‘z maydonida muxlislar qarshisida o‘ynashgani va shu bois bugun butunlay boshqa O‘zbekistonni ko‘rdik.

- Yaman o‘tgan ikki bahsda Singapur va Saudiya Arabistoniga ikkitadan gol ura olgandi. Ammo bugun shogirdlaringizda tetiklik ko‘rinmadi...
- Bugun asosiy hujumchimiz diskvalifikatsiya tufayli o‘ynay olmadi. Yana bir sabab Saudiya Arabistoniga qarshi bahsda Bahraynda bo‘lsa ham o‘z muxlislarimiz qarshisida o‘ynagandik. Bugun esa mehmon jamoa maydonida harakat qildik.

- Nima uchun jamoaingiz to‘p bilan deyarli ko‘p harakat qilgani yo‘q...
- Tarkibimizda yoshlar juda ko‘p. Ular hali bizning falsafamizni to‘liq tushunib yetishgani yo‘q.

Narzulla Saydullayev yozib oldi

Manba: championat.asia

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Yaman bosh murabbiyi: "Falastinga qarshi o‘yin bilan taqqoslaganda butunlay boshqa O‘zbekistonni ko‘rdik"