08:46 / 12.10.2019
3 208

«Bunyodkor» a’zosi ingliz nashri tomonidan dunyoning eng iste’dodli futbolchilari safiga kiritildi

«Bunyodkor» a’zosi ingliz nashri tomonidan dunyoning eng iste’dodli futbolchilari safiga kiritildi
Buyuk Britaniyaning nufuzli The Guardian nashri dunyo futbolining eng iste’dodli 60 nafar yosh futbolchisi ro‘yxatini e’lon qildi.

Unda «Bunyodkor» klubining tarbiyalanuvchisi Jasur Jaloliddinov ham bor. Nashr 17 yoshli futbolchini uzoq masofadan kuchli zarba bera olishi, maydonni yaxshi ko‘ra olishi, driblingi hamda uzatmalaridagi aniqlikda iqtidorli ekanligini ta’kidlab o‘tgan.

Kelajagi porloq deb e’tirof etilayotgan Jasur Jaloliddinov Superliganing 2018 yilgi mavsumida maydonga tushgan eng yosh futbolchi bo‘lgan edi. U 16 yosh 80 kunligida «Bunyodkor»da debyut qildi. Mavsum tugagach PFL tomonidan eng yaxshi 3 nafar yosh futbolchi ro‘yxatiga kiritildi.

Qayd qilish joizki, The Guardian nashri 2014 yildan buyon eng iste’dodli yosh futbolchilarni e’lon qilib keladi. 2019 yilgi ro‘yxatda Ansu Fati («Barselona»), Lyusen Agum («Inter»), Adil Aushish va Nyanzu Kuassi (PSJ), Malik Tillman («Bavariya»), Andri Lukas Gudonsen («Real») va Pablo Moreno («Yuventus») kabi nomlarni uchratish mumkin.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Bunyodkor» a’zosi ingliz nashri tomonidan dunyoning eng iste’dodli futbolchilari safiga kiritildi