Saytimiz vakillari Singapurga parvoz chog‘ida "Nasaf" va O‘zbekiston terma jamoasining iqtidorli himoyachisi Sharof Muhitdinov bilan kichik intervyu tashkil qilishdi.
- Singapurga qarshi kechadigan bahsdan nimalar kutyapsiz?
- Singapur bilan uchrashuv oson bo‘lmasligi aniq. Bizni faqat g‘alaba qoniqtiradi. Bor kuchimizni 3 ochko olishga sarflaymiz.
- Toshkentdagi mashg‘ulotlar davomida raqib o‘rganildimi?
- Albatta, raqibni jiddiy tahlil qildik. Ularning kuchli va kuchsiz tomonlari haqida tushunchaga ega bo‘ldik. Bu ertangi bahsda bizga yordam berishiga ishonaman.
- Ertaga O‘zbekiston terma jamoasi safida debyut qilishingizga ishonasizmi?
- Hamma narsa bo‘lishi mumkin. Agar terma jamoa bosh murabbiyi Vadim Abramov meni asosiy tarkibda maydonga tushiradigan bo‘lsa, bundan xursand bo‘laman va tayyorman deb o‘ylayman.
- MTJda sizning raqobatchingiz Farruh Sayfiyev...
- Raqobat o‘sishga, rivojlanishga undaydi. Bu terma jamoa foydasiga xizmat qiladi. Farruh Sayfiyev kuchli futbolchi ekanligi meni yaxshiroq harakat qilishga majburlaydi.
- Ertaga Singapurda MTJni qo‘llab-quvvatlash uchun ko‘plab o‘zbekistonlik muxlislar stadionda bo‘lishini eshitdik...
- Bundan juda xursandman va ularga minnatdorchilik bildiraman. Ertaga butun o‘zbek xalqi bizdan g‘alabani kutadi. Ularning ishonchini oqlashga harakat qilamiz.
- Vadim Abramov va Ro‘ziqul Berdiyev o‘rtasidagi farq haqida nima deya olasiz?
- Har bir murabbiy o‘ziga xos. Bu murabbiylarda taktika, o‘yin uslubi jihatdan farq bor. Ularning fe’li haqida gapiradigan bo‘lsam, bu mutaxassislardan biri mehribon yoki qattiqqo‘l deya olmayman. Abramov ham Berdiyev ham kerak paytda futbolchilar bilan qanday munosabatda bo‘lishni yaxshi biladi.
- Vadim Abramov ayni damda singdirayotgan taktika haqida gapirib bersangiz.
- Himoyachi sifatida gapiradigan bo‘lsam, Abramovning g‘oyasi quyidagicha: To‘p qayerda yo‘qotilgan bo‘lsa, pressing orqali o‘sha yerda uni raqibdan olib qo‘yish kerak bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»