Xabaringiz bor, joriy yilning iyul oyida O‘zbekiston futbol Assotsiatsiyasi Osiyo futbol Konfederatsiyasi bilan kelishilgan o‘yinlar hamda totalizatorga qarshi kurashda yaqindan hamkorlik qilish bo‘yicha kelishib olgan edi.
Ushbu hamkorlik natijasi o‘laroq, "A" Pro-liga ishtirokchisi "Iftixor" hamda "B" Pro-ligada ishtirok etib kelayotgan "Rash Milk" futbol klublarining kelishilgan o‘yinlarga aloqador ekanligi, shuningdek Reglament talablarini qo‘pol ravishda buzib kelayotgani aniqlandi.
Shu sababdan O‘FAning Intizom va odob-ahloq (etika) va Litsenziyalash qo‘mitalarining qaroriga asoslanib PFL tomonidan 2019 yilgi mavsumda "Rash Milk" futbol klubiga O‘zbekiston chempionatining "V" Pro-ligada, "Iftixor" futbol klubiga esa "A" Pro-ligada ishtirok etish uchun berilgan litsenziyalarning amal qilishi tugatildi va ushbu ikki klub musobaqalardan chetlashtirildi.
Ma’lumot uchun, "Iftixor" "A" Pro-ligada 20ta o‘yin o‘tkazgan holda bor yo‘g‘i 5 ochko bilan so‘nggi pog‘onada borayotgan bo‘lsa, "Rash Milk" "B" Pro-ligada 21ta uchrashuvdan keyin 41 ochko to‘plab, "Lokomotiv BFK" bilan birga ikkinchi o‘rinni bo‘lishib turgan edi.
Manba: O‘FA matbuot xizmati “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi