Meksika chempionatining 14-turidan o‘rin olgan «Verakrus» – «Tigres» o‘yini g‘alati tarzda boshlandi.
Ilk daqiqalarda mezbonlar ham, mehmonlar ham hech qanday harakat qilishmadi. Ba’zi futbolchilar chigalyozdi mashqlarini bajarishdi, ba’zilari ibodat qilishdi.
1 daqiqa o‘tgach «Tigres» futbolchilari faollashib, gol urishga muvaffaq bo‘lishdi. Eduardo Vargas maydon markaziga yaqin joydan zarba yo‘lladi. Raqib darvozaboni uni qaytarishga harakat qilmadi. 2 daqiqa o‘tgach Jinyak uzoq masofadan yana bir gol urdi. Bu safar ham unga hech kim qarshilik qilmadi.
Faqatgina 5-daqiqadan boshlab «Verakrus» futbolchilari harakatga tushdilar. O‘yin oxiriga qadar jamoalar 1tadan gol urishga erishdilar. Natijada «Tigres» 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Nima yuz berdi?
«Verakrus» klubi futbolchilari 6 oydan ortiq vaqt davomida maosh olmayotgani sababli, o‘z noroziligini shunday tarzdagi «ish tashlash» ko‘rinishida namoyish qilishdi. O‘yindan oldin ular «Tigres» futbolchilarini bu haqda ogohlantirishgan va norozilik aksiyasini 5 daqiqa davomida qo‘llab-quvvatlashni taklif qilishgan edi. Raqib esa faqat 1 daqiqa davomida harakat qilmaslikka rozi bo‘ldi.
Meksika chempionati jadvalida «Tigres» 23 ochko bilan uchinchi, «Verakrus» 4 ochko bilan so‘nggi o‘rinni egallab turibdi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi