
Eronning Urmiya shahrida futzal bo‘yicha Osiyo chempionati-2020 saralash bahslari davom ettirilmoqda.
O‘zbekiston terma jamoasi Nepalga qarshi bahs olib bordi. Unda Bahodir Ahmedov shogirdlari 4:1 hisobida g‘alaba qozondi va Osiyo chempionati-2020ga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Oldinroq yakuniga yetgan guruhning ikkinchi bellashuvida Tojikiston terma jamoasi Afg‘onistonni 5:2 hisobida taslim qildi. Shu tariqa, O‘zbekiston va Tojikiston terma jamoalari saralashning ikkinchi turidan keyinoq qit’a birinchiligiga yo‘l olishdi. So‘nggi turda jamoalar o‘zaro bellashishadi va saralashda guruhni kim birinchi pog‘onada yakunlashini hal qilib olishadi.
"A" guruhi saralash bahslari taqvimi
23 oktyabr
14:30 - Tojikiston - Nepal 6:0
17:00 - O‘zbekiston - Afg‘oniston 6:2
24 oktyabr
14:30 - Afg‘oniston - Tojikiston 2:5
17:00 - Nepal - O‘zbekiston 1:4
25 oktyabr
14:30 - Nepal - Afg‘oniston
17:00 - O‘zbekiston - Tojikiston “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar