
"Shanxay SIPG" Xitoy chempionatining 27-turida "Dalian Ifan" klubini qabul qildi.
Uchrashuv "Shanxay SIPG"ning 3:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Gollarga Shenglong Li, Jou Ting (avtogol) va Oskar mualliflik qilishdi. Shanxayliklar sharafini himoya qilayotgan hamyurtimiz Odil Ahmedov ushbu bahsda to‘liq ishtirok etib, jamoasining g‘alabasiga katta xissa qo‘shdi.
Turnir jadvalida yetakchilik qilayotgan "Guanjou Evergrand" joriy turda "Xenan Szyane"ni qabul qildi va 2:2 hisobida durang qayd etdi.
Shunday qilib, 2-o‘rinda ketayotgan "Shanxay SIPG" musobaqa jadvalidagi yetakchiga maksimal darajada yaqinlashib oldi. Endi ular orasidagi farq bor-yo‘g‘i 1 ochko.

Shanxay SIPGDalian IfanXitoy ChempionatiGuanjou EvergrandJamoa G‘alabasiOdil Ahmedov O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar