Turinning "Yuventus" klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu ushbu mavsumda "Oltin to‘p"ni yutadi. Bu haqda Sorriere dello Sport nashriga tayanib, The Sun xabar bermoqda.
Nashrning xabar berishicha, mukofotni taqdim etishda ishtirok etgan France Football jurnali vakillari Turinda bo‘lib, Ronaldu bilan uchrashishdi. Ta’kidlanishicha, ular hujumchidan intervyu olishgan va unda portugaliyalik karerasidagi oltinchi "Oltin to‘p" haqida muhokama qilishgan.
O‘tgan mavsumda Madridning "Real" yarim himoyachisi Luka Modrich "Eng yaxshi o‘yinchi" mukofotiga sazovor bo‘lgan edi. Bu safar u "Oltin to‘p" da’vogarlari qatoriga kirmadi.
Marosim 2 dekabr kuni Parijda "Shatle" teatrida bo‘lib o‘tadi. Ronaldudan tashqari "Barselona" hujumchisi Lionel Messi va "Liverpul" himoyachisi Virjil van Deyk ham mukofot uchun da’vogarlik qilmoqda.
Ronaldu - "Oltin to‘p"ning besh karra g‘olibi. Shuningdek, hujumchi Chempionlar Ligasini yutgan va Portugaliya terma jamoasi tarkibida Yevropa chempioni bo‘lgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi