
Rossiyaning “Rostov” klubida to‘p surayotgan hamyurtimiz Eldor Shomurodov joriy mavsumdagi qayd etayotgan sermahsulligi borasida gapirib o‘tdi.
“Agar atrofingda shunday top darajadagi futbolchilar bo‘lsa, albatta ko‘p vaziyatlar bo‘ladi. Hujumchiga gol urish nisbatan osonroq. Ularning yordami bilan Rossiya premer-ligasida 10 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldim.
Men Yevropaning kuchli chempionatlarida o‘ynashni orzu qilishim haqida avval ham aytganman. Men shunga harakat qilaman. Ko‘pchilik meni qishda boshqa jamoaga ketishim mumkinligi haqida gapirdi. Lekin men hali hech qayerga ketishni xohlamayman, men “Rostov”da baxtliman”, - deydi hamyurtimiz.
Eslatib o‘tamiz, Shomurodov ayni damda 10 ta gol bilan RPL to‘purarlar poygasida peshqadamlik qilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar