Superliganing 23-turidan o‘rin olgan AGMK - "Lokomotiv" (1:1) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar ustozi Samvel Babayan o‘z fikrlarini bildirdi.
"Menimcha o‘yin qiziqarli o‘tdi, hech kimni befarq qoldirmadi. Vertikal futbol o‘ynadik, hujumga hujum bilan javob berdik. Biroz ustunlikka ega bo‘ldik. 1:0 hisobida oldinda borayotganimizda gol urib o‘yinga nuqta qo‘yishimiz kerak edi.
Afsuski g‘alabani qo‘ldan chiqardik. Bugun men yigitlarimda xarakter ko‘rdim. Sababi AGMK kubok finalidagi mag‘lubiyatdan so‘ng xarakter namoyish etishlarini kutgandim. Natija va o‘yin sifati borasida o‘sishimiz kerak. O‘yinlar davomida hisobda oldinda borib yakunda durang o‘ynayapmiz", - deb gap boshladi Samvel Babayan.
- Jamoa 11 kun tanaffusdan keyin birinchi bor o‘ynadi, endi yana taxminan 20 kun o‘ynamaydi. Futbolchilarni tonusda ushlab turish qiyin emasmi?
- Taqvim juda ham rasvo (bezobrazno) tuzilgan. Bu haqda oldin gapirmayotgandim, bahona bo‘lib qolmasligi uchun. Savol berganingiz uchun javob berayapman. 11 kun o‘yin amaliyotisiz qolish...jamoani qanday ushlab turamiz. Chempionat o‘yinlari davom etaversa va kubok o‘yinlari mavsum oxiriga qoldirilsa ma’qul bo‘larmidi. Nazorat uchrashuvlari o‘tkazamiz, ammo baribir futbolchilarni tonusda ushlab turish qiyin kechadi.
- O‘z vaqtida siz terma jamoada ishlagangizda Vadim Abramov terma jamoa ko‘p yig‘in o‘tkazayapti deb aytardi. Endi esa hammasi aksincha...
- To‘g‘risi uning bu boradagi fikrlarini o‘qimaganman. Ammo men terma jamoada ishlaganimda PFL vakillari bilan birga taqvim tuzilayotganida klub qiziqishlarini himoya qilardik. Shu bois uzoq tanaffuslar bo‘lishini oldini olardik. Hozirgi paytda barchamiz terma jamoaning muhim o‘yinlari bo‘lgani bois tushunishimiz kerak.
- Ikkinchi o‘rin uchun kurash haqida nima deya olasiz?
- Qiziqarli tarzda kechmoqda. Afsuski ikkinchi davrani biz deyarli barcha o‘yinlarni safarda o‘tkazayapmiz. Bunda ham birinchi davrada noto‘g‘ri ish olib borilgan. Bizda yaxshi jamoa va yaxshi futbolchilar bor hamda yakunda biz ikkinchi o‘rinni olamiz deb o‘ylayman.
Manba: championat.asia “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi