date

Osiyo kubogi-2015. Musobaqani g‘alaba bilan boshladik!

Osiyo kubogi-2015. Musobaqani g‘alaba bilan boshladik!

O‘zbekiston milliy terma jamoasi Osiyo kubogini g‘alaba bilan boshladi. Terma jamoamiz Shimoliy Koreyani minimal hisobda mag‘lub etdi, deb xabar bermoqda Stadion.uz.

Birinchi bo‘limda xavfli vaziyatlar unchalik ko‘p yuzaga kelmadi. Kapadzening zarbasi darvoza ustuniga tekkan bo‘lsa, Tursunov tomonidan berilgan zarbani koreyalik posbon bartarf etdi.


Ikkinchi bo‘limda xavfli vaziyatlar soni oshdi. Qosimov shogirdlari uchrashuvdagi golni 62-daqiqada qarshi hujum natijasida kiritishdi. Server chap qanotdan chiroyli uzatma bilan to‘pni Sergeevning boshiga qo‘ndirdi. Igor 12 metrlardan bosh bilan darvozani ishg‘ol qildi!

Shundan so‘ng o‘yin ancha ochilib ketdi. Jamoamiz ketma-ket bir nechta imkoniyatlarga ega bo‘ldi. Ammo ulardan foydalanishda futbolchilarimiz oqsashdi. KXDR esa so‘nggi soniyada hisobni tenglashtirishiga bir bahya qoldi. Burchakdan etkazilgan to‘pga koreyalik hujumchi bosh bilan zarba berdi. To‘sin ostiga kirayotgan to‘pni Ignat qaytardi!

Osiyo kubogi, "V" guruhi, 1-tur
O‘ZBEKISTON - KXDR - 1:0 (0:0)
Gol: Igor Sergeev (62)
Ogohlantirishlar: Akmal Shorahmedov (86) — Ri Yong Jik (80)
O‘zbekiston: 12.Ignatiy Nesterov, 3.Shavkat Mullajonov, 5.Anzur Ismoilov, 19.Vitaliy Denisov, 23.Akmal Shorahmedov, 18.Timur Kapadze, 17.Sanjar Tursunov (Jamshid Iskanderov 90+3), 7.Aziz Haydarov, 9.Odil Ahmedov (Sardor Rashidov 72), 8.Server Jeparov, 11.Igor Sergeev (Bahodir Nasimov 88).
KXDR: 1.Ri Myong Guk, 3.Jang Chong Xyok, 4.Jong Kvang Ik, 15.Jang Kuk Chol, 16.Cho Jong Xyok, 19.Ri Yong Gi, 9.Pak Song Chol, 11.Jong Il Gvan, 19.Ri Yong Jik, 10.Pak Kvang Ryong, 17.So Xyong Uk

Foto: Stadion.uz
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Osiyo kubogi-2015. Musobaqani g‘alaba bilan boshladik!