
UFC prezidenti Dana Uayt irlandiyalik Konor MakGregorning navbatdagi raqibi kim bo‘lishi mumkinligi haqida gapirdi.
"Biz hali hech narsa qilganimiz yo‘q. Shuning uchun, nima bo‘lishi yoki bo‘lmasligi mumkinligi haqida gapirishni xohlamayman. Ammo bizda Serrone varianti bor", - dedi Dana Uayt.
MakGregor reytingining uchinchi pog‘onasida Donald Serrone esa beshinchi raqam ostida qayd etilgan. Mazkur jang yengil vaznda o‘tkazilishi kerak. Las-Vegas bunga mezbonlik qiladi.
Avvalroq, 31 yoshli irlandiyalik 2020-yil 18-yanvar kuni oktagonga qaytishiga sha’ma qilgandi.
Konor MakGregorUFC PrezidentiNavbatdagi RaqibDonald SerroneYengil VaznLas-Vegas O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar