
Oʻzbekiston milliy jamoasi bosh murabbiyi Vadim Abramov Qirgʻizistonga qarshi oʻrtoqlik oʻyini translyatsiya qilinishiga qarshi emasligini aytdi.
«Oʻyin translyatsiya qilinmasa, stadionga odamlar kiradi va Saudiyaga qarshi repetitsiya ham toʻla stadionda oʻtadi deb oʻylagandim. Futbol muxlislar uchun, biz hech kimga stadionni yopmoqchi emasmiz.
Menga qoʻngʻiroq qilib Saudiyadan qoʻrqyapsizmi, deb soʻrashdi. Yoʻq, biz hech kimdan qoʻrqmaymiz. Agar televideniye bu oʻyinni translyatsiya qilishni xohlasa, marhamat, koʻrsataverishsin. Darvoqe, bizga translyatsiya uchun pul berishmaydi», — deb Abramovning soʻzlarini keltirmoqda Tribuna.uz nashri.
Oʻzbekiston Milliy JamoasiVadim AbramovQirgʻiziston OʻyiniTelevideniye TranslyatsiyaFutbol MuxlislarStadionga Odamlar O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar