
Xabaringiz bor, ayni paytda ham milliy, ham olimpiya terma jamoalari Toshkentda yigʻin olib borishmoqda.
Bir necha kun davomida milliy terma jamoa mashgʻulotlarida ishtirok etgan “Nasaf” yarim himoyachisi Aziz Gʻaniyev bugundan olimpiya terma jamoasi ixtiyoriga qoʻshildi.
Oʻzbekiston olimpiya terma jamoasi 13-19-noyabr kunlari BAAning Dubay shahrida 23 yoshgacha boʻlgan terma jamoalar oʻrtasida xalqaro turnirda ishtirok etadi. Unda BAA, Saudiya Arabistoni, Bahrayn, Suriya, Janubiy Koreya hamda Oʻzbekiston olimpiya terma jamoalari gʻoliblik uchun bahs olib borishadi. Shuningdek, Iroq va Iordaniya U-23 terma jamoalarining ham ishtirok etishi koʻzda tutilgan.
Lyubinko Drulovich Gʻaniyevni Dubaydagi musobaqaga olib ketishni istagani uchun futbolchi OTJ mashgʻulotlariga qoʻshildi.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston OTJ yanvar oyida Tailandda boʻlib oʻtadigan U-23 Osiyo chempionatida ishtirok etadi. Ushbu musobaqa orqali Tokioda boʻlib oʻtadigan Olimpiada oʻyinlariga yoʻllanma olish imkoniyati mavjud.
OʻzbekistonOlimpiya TermaToshkent YigʻinAziz GʻaniyevDubay MusobaqaU-23 Chempionat O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar