21:43 / 12.11.2019
3 012

O‘zbekiston — Saudiya Arabistoni uchrashuviga hakamlar tayinlandi

O‘zbekiston — Saudiya Arabistoni uchrashuviga hakamlar tayinlandi
Foto: O‘FA
O‘zbekiston terma jamoasi 14 noyabr, payshanba kuni Jahon Chempionati—2022 ikkinchi saralash bosqichi doirasida Saudiya Arabistoni bilan bahs olib boradi.
Toshkentda bo‘lib o‘tadigan uchrashuvni yaponiyalik hakamlar guruhi boshqarib boradi. Bu haqida O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati ma’lum qildi.
O‘yin bosh hakami — Ryuji Sato. Unga qanotlarda hamyurtlari — Hiroshi Yamauchi hamda Jun Mihara yordam beradi. Zaxira hakami — Yudai Yamamoto.

JCh—2022 saralashi
5-tur bahsi
14 noyabr, payshanba
O‘zbekiston — Saudiya Arabistoni
Bosh hakam: Ryuji Sato (Yaponiya).
Yordamchi hakamlar: Hiroshi Yamauchi (Yaponiya), Jun Mihara (Yaponiya).
Zaxira hakami: Yudai Yamamoto (Yaponiya).
Nazoratchi: Omar Musa Halaf Abu Lum (Iordaniya).
Komissar: Mohd Sayfiddin Abu Bakar (Malayziya).

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston — Saudiya Arabistoni uchrashuviga hakamlar tayinlandi