17:37 / 13.11.2019
2 631

"Rostov" qishda 6 futbolchini sotib yuborishi mumkin. Ular orasida Shomurodov ham bor

"Rostov" qishda 6 futbolchini sotib yuborishi mumkin. Ular orasida Shomurodov ham bor
"Rostov"da moliyaviy qiyinchiliklar paydo bo‘ldi. Klub futbolchilarga 3 oylik maosh va mukofot pullarini to‘lamagan.
Rostov klubi yetarlicha homiylarga ega, ammo so‘nggi oylarda ular jamoaga yordam berishmayapti. "Rostov"ning ayni damdagi yagona "sponsori" klub prezidenti Artashes Arutyunyans bo‘lib turibdi.

Viloyat sport kuratori gubernator (hokim)ning birinchi o‘rinbosari Igor Guskov hisoblanadi va homiylar uning jamoaga bo‘lgan munosabatiga qarab ish qilishmoqchi. Bu vaziyatda klubga Rostov viloyati gubernatori Vasiliy Golubev yordam berishi mumkinligi aytilmoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, klub qishda 6 nafar futbolchini sotishi mumkin. Ular: Dmitriy Chistyakov, Matias Normann, Ivelin Popov, Roman Yeryomenko, Aleksey Ionov va Eldor Shomurodov.
Shu bilan birga qishda "Rostov"ni klub prezidenti Arutyunyans, bosh murabbiy Valeriy Karpin va sport direktori Aleksey Riskin tark etishi mumkin.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Rostov" qishda 6 futbolchini sotib yuborishi mumkin. Ular orasida Shomurodov ham bor