Mirror nashrining xabar berishicha, ikkita politsiya xodimi ustidan Aston Villa futbol klubining sobiq sport yulduzi 48 yoshli Dalian Atkinsonning bundan uch yilcha oldin sodir bo‘lgan o‘limi yuzasidan o‘tgan hafta ayblov ishi ochilgan. Marhumga politsiyachilar tomonidan Taser quroli orqali tan jarohati yetkazilgan deb xabar berishmoqda.
Ayblanuvchilar G‘arbiy Mersia politsiyasi xodimlari bo‘lib, 41 yoshli Benjamin Monk va 29 yoshli Meri Ellen Bettley-Smit ismli shaxslardir. Ushbu jinoyat ishi ommaviy axborot vositalari xodimlari taqdim etgan dalillarga binoan Birmingemdagi Crown sudida qaytadan ko‘rib chiqilyapti. Ayblanuvchilarning ikkalasi ham sud majlisida o‘zlarining advokatlari bilan ishtirok etishdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Benjamin Monk va Meri Ellenlarning himoyachilari suddan himoyasidagi mijozlarining manzillari sir tutilishini qat’iy talab qilgan va bunga sudya rozi bo‘lgan. Sud ishining navbatdagisi 14 noyabrda bo‘lib o‘tgan.
Marhumning qarindoshlari u yurak xurujidan ham aziyat chekib kelganini aytishgan. Aka-ukalaridan intervyu olinganda esa sobiq futbolchining nihoyatda mehribon aka bo‘lganini ta’kidlashdi. Marhum futbolchining oilasi yollagan advokatning fikriga qaraganda, Atkinsonning o‘limiga qariyb uch yil bo‘lgan va bu juda uzoq muddat. Hozirda ayblanuvchilar garov puli evaziga ozod qilingan. Navbatdagi Sud ishi 9 dekabrda bo‘lib o‘tadi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)