
Amerikalik mashhur bokschi Roy Jons Otabek Umarovni O‘zbekiston MMA assotsiatsiyasi rahbari etib tayinlangani bilan tabrikladi. Bokschi tabrik so‘zlari aks etgan videoni o‘z Instagram sahifasiga joyladi.
«Otabek saylanganing bilan chin yurakdan muborakbod etaman va taklif uchun minnatdorchilik bildiraman. Bunday voqeaning bir qismi bo‘lishdan baxtiyor bo‘laman» - deb gapirgan Roy Jons o‘z tabrik so‘zlari orqali.
O‘z o‘rnida Otabek Umarov bildirilgan ushbu samimiy tilaklar uchun minnatdorchilik izhor qildi:
«Do‘stim Roy, tabriklar uchun katta raxmat. Yaqin orada, ko‘plab kuchli jangchilar va ularning yorqin g‘alabalariga boy, GFC MMA turniri doirasida uchrashamiz. ⠀
Biz doim mehmonlarni kutib olishdan xursandmiz! O‘zbekistonning eshiklari do‘stlar uchun doim ochiq»! ⠀
Ma’lumot uchun: Avvalroq taniqli aktyor va yakkakurashlar ustasi Stiven Sigal ham Otabek Umarovni tabriklagan edi.
Roy JonsOtabek UmarovMMA AssotsiatsiyasiTabrik So'zlariInstagram SahifasiO'zbekiston Jangchilari O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar