23:42 / 15.11.2019
3 330

Pavel Bugalo Suyunovning harakatlari va o‘tkazilgan gollar bo‘yicha izoh berdi

Pavel Bugalo Suyunovning harakatlari va o‘tkazilgan gollar bo‘yicha izoh berdi
Kecha O‘zbekiston terma jamoasi JCh-2022 hamda Osiyo Kubogi 2023 qo‘shma saralash bosqichi doirasida Saudiya Arabistoniga qarshi o‘yin o‘tkazdi. Uchrashuvda milliy jamoamiz 2:1 hisobida oldinda borayotib yakunda tayyor g‘alabani qo‘ldan chiqardi va o‘yin so‘nggida qo‘yib yuborilgan gollar mag‘lubiyatga sabab bo‘ldi.

O‘yindan keyin ba’zi jurnalistlar va muxlislar mag‘lubiyatga sababchi bo‘lgan uchinchi gol yuzasidan terma jamoamiz darvozaboni Eldor Suyunovning harakatlarini tanqid ostiga olishdi.

Shu munosabat bilan mazkur holat va umuman darvozabonimiz Eldor Suyunovning mazkur bellashuvdagi harakatlari yuzasidan ekspert fikri bilan qiziqdik.
O‘zbek futboli tarixida darvozabonlar orasidan yil futbolchisiga aylangan afsonaviy Pavel Bugalo Eldorbek Suyunovning harakatlarini mutaxassis sifatida baholadi.

- "Eldorbek Suyunov kecha yomon o‘yin o‘tkazmadi. Birinchi gol penalti orqali urildi. Ikkinchisi rikoshet. Bu darvozabonlar uchun juda noqulay hamda qiyin holat. Uchinchi golga keladigan bo‘lsak, Suyunov o‘sha vaziyat uchun darvozabonlar uchun kerakli pozitsiyani egallab, vaziyatni to‘g‘ri baholagandi. Bilasizmi, bu yerda ijro mahorati mukammal bo‘ldi. Futbolchi himoyachilar ta’qibidan qochdi va yuqori uzoq burchak taraf to‘pni tepdi. Ijro esa kutilganidan ham a’lo chiqdi.

Suyunov o‘sha vaziyatda yaqin burchakni yopmasdan, o‘rtaroq yoki uzoq burchakni yopib turganda, birinchidan xato qilgan bo‘lardi va yaqin burchakka yo‘naltiriladigan zarbani to‘solmasdi. Chunki imkoni bo‘lmasdi. Qaytaraman, uchinchi gol darvozabonni xatosi emas, balki ijro mahorati tufayli urildi. Himoyachilar nega unga zarba berishga yo‘l qo‘yib berishgani haqida savol o‘rtaga chiqqani ma’qulroq. Qolgan ko‘plab vaziyatlarda esa Suyunov darvozabon sifatida to‘g‘ri o‘ynadi va xavfni bartaraf etdi", - deydi Pavel Bugalo.

Eslatib o‘tamiz, kechagi bahsda O‘zbekiston terma jamoasi raqib darvozasi tomon jami 4 marotaba, Saudiya Arabistoni esa darvozamiz tomon 7 bor aniq zarba yo‘lladi. Eldorbek Suyunov esa terma jamoamiz futbolchilari orasidan eng katta ball (6,2) olgan beshinchi futbolchiga aylandi. Gol urgan Shomurodov va Shukurov hamda qanot vingerlari Hamdamov bilan Masharipov o‘yinda 4 marotaba seyv amalga oshirgan Suyunovdan nisbatan ko‘proq ballga loyiq ko‘rildi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Pavel Bugalo Suyunovning harakatlari va o‘tkazilgan gollar bo‘yicha izoh berdi