21:43 / 16.11.2019
1 303

Boks: 7 nafar yosh bokschimiz Osiyo chempionati finaliga yo‘l oldi

Boks: 7 nafar yosh bokschimiz Osiyo chempionati finaliga yo‘l oldi
Xabaringiz bor, Mo‘g‘ulistonning Ulan-Bator shahrida boks bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati bo‘lib o‘tmoqda. Bugun, qit’a chempionatining yarim final bahslari bo‘lib o‘tdi.

Ushbu bosqichga qadar yetib kelgan 14 ishtirokchimiz orasida 7 nafari raqiblarini mag‘lubiyatga uchratib, final yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdi. Demak, hozircha bizda yettita bronza medali mavjud. Umuman olganda 14 ta medalni qo‘lga kiritib ulgurdik.

Faqat nechtasi oltin va kumush bo‘lishini final janglaridan so‘ng, bilib olamiz. O‘ylaymizki, finalga yo‘l olgan barcha yurtdoshlarimiz musobaqaning yuqori probali medalini qo‘lga kiritishadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)