
Germaniya, Gollandiya, Xorvatiya va Avstriya terma jamoalari ham musobaqa chiptalariga ega chiqishdi.
S guruhi vakillari Germaniya va Gollandiya terma jamoalari qit’a chempionatining final bosqichiga yo‘l olishdi.

Bugun Belorusiyani (4:0) mag‘lub etgan Germaniya guruhda 18 ochko bilan birinchi, Shimoliy Irlandiya bilan nursiz durang o‘ynagan gollandlar 16 ochko to‘plagani holda ikkinchi o‘rin bilan musobaqaga yo‘l olishdi.

Slovakiyani mag‘lub etgan Xorvatiya (3:1) 8-turdan keyin E guruhida karvonboshi bo‘lib turibdi. Vengriyada 12, Uelsda esa 11 ochko bor. Shu tariqa xorvatlar Yevro-2020 ning navbatdagi ishtirokchisiga aylanishdi.

Shimoliy Makedoniyani mag‘lub etgan avstriyaliklar 19 ochko to‘plab G guruhi g‘olibi sifatida musobaqa chiptalarini naqd qilishdi. mazkur guruhda ikkichi o‘rinni egallab turgan Sloveniya terma jamoasi hisobida esa 14 ochko bor.

GermaniyaGollandiyaXorvatiyaAvstriyaYevro-2020Musobaqa Chiptalari O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing