
Joze Mourinyo rasman “Tottenhem Hotspur” klubining yangi bosh murabbiyi etib tayinlandi. Bu haqda londonliklar klubi matbuot xizmati xabar bermoqda.
19-noyabr kuni 2014-yildan buyon “Tottenhem”ni boshqarib kelgan Maurisio Pochettino lavozimini tark etgandi. Shu vaqtdayoq uning oʻrnini Mourinyo egallashi haqida xabarlar tarqalgandi.
Mourinyoning soʻnggi ish joyi “Manchester Yunayted” boʻlib qolayotgandi. Portugaliyalik mutaxassis manchesterliklar klubi boshqaruvini 2018-yilning dekabrida tark etgandi.
U muqaddam ikki marta “Chelsi”ni boshqargan va jamoa bilan uch marta APL chempioni boʻlgan (2005, 2006, 2015).
“Tottenhem Hotspur” joriy mavsumda 12 oʻyinda 14 ochko toʻpladi va ayni vaqtda Angliya Premyer-ligasi turnir jadvalida 14-oʻrinni egallab turibdi. Ayni vaqtda turnir jadvalini 12 oʻyinda 34 ochko toʻplagan “Liverpul” boshqarib bormoqda.
Joze MourinyoTottenhem HotspurYangi Bosh MurabbiyiManchester YunaytedAPL ChempioniAngliya Premyer-ligasi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar