Hozirgi kunda professional boks olamining super og‘ir vazn toifasidagi eng mashhur vakillaridan biri buyuk britaniyalik Tayson Fyuri ekanligi barchaga ma’lum. U top bokschilar sirasiga kiradi. U havaskor boksda ham bir qator sovrinlarni qo‘lga kiritgan. 2006 yil Marokashning Agadir shahrida bo‘lib o‘tgan, yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatining +91 kg vaznida bronza medalni qo‘lga kiritgandi.
Fyuri yarim final doirasida mag‘lubiyatga uchrab, shohsupaning uchinchi pog‘onasidan o‘rin olishga majbur bo‘lgan. Aynan, uni kim mag‘lubiyatga uchratganini bilasizmi? “Lo‘lilar qiroli” deya e’tirof etiluvchi ushbu britan bokschisi mazkur bosqichda yurtdoshimiz tomonidan to‘xtatilgan edi. Darhaqiqat, qo‘qon boksi tarbiyalanuvchisi Sardor Abdullayev uni tom ma’noda mag‘lub qilgan.
Biz ushbu bokschimiz bilan bog‘lanib, mazkur jang haqidagi fikrlarini bilishga qiziqdik...
- Yaxshi jang bo‘lgandi. Uni adashmasam 12 ochko farqi bilan yutgandim. U vaqtda natija qanday tarzda hisoblanishidan xabardor bo‘lsangiz kerak. Yarim final bahsi edi. Finalga yetib borganman. Afsuski, hal qiluvchi jangda ruminiyalik K. Siokanga teng kurashlar ostidagi jangda imkoniyatni boy berib, kumush medalni qo‘lga kiritganman. Bronzani Tayson Fyuri bilan birga yaqinda Aleksandr Povetkin bilan ringga chiqadigan Maykl Xanter qo‘lga kiritgandi.
Eslatib o‘tamiz: "Oltin qo‘lqop" klubi tarbiyalanuvchisi, Mansur Muqimov shogirdi Sardor Abdullayev faoliyati mobaynida yoshlar o‘rtasida jahon chempionati hamda Osiyo chempionati kumush medal sohibi, yoshlar o‘rtasida Osiyo chempionati g‘olibi, xarbiylar o‘rtasida jahon chempionligini qo‘lga kiritgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
«Samarqand — Toshkent — Samarqand” yo‘nalishida qo‘shimcha poyezdlar harakatlanadi
Sun’iy intellekt qadimgi yunon faylasufi Platonning qabrini topdi
Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi
Ekspert: G‘arb Rossiya g‘alabasidan keyin quvg‘indagi Ukraina hukumatini yaratishi mumkin
Chempionlar ligasi 1/2 final. “Borussiya D” o‘z maydonida “PSJ”ni kichik hisobda mag‘lub etdi
Mask Ukraina va AQSH o‘rtasidagi muzokaralarni bir so‘z bilan ta’rifladi
Netanyahu HAMASga qarshi operatsiyani yakunlashdan bosh tortdi