
MMA bo‘yicha Toshkent mezbonlik qiladigan GFC 20 musobaqasining faxriy mehmoni Habib Nurmagomedov 20 noyabr, kuni Toshkentga yetib keldi, deb xabar berdi «Daryo».
23 noyabr kuni bo‘lib o‘tadigan GFC 20 musobaqasida Habibning amakivachchasi Umar Nurmagomedov ham ishtirok etadi. Habib esa musobaqadan ikki kun oldin Toshkentga tashrif buyurdi. Uni Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiyev boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi kutib oldi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Habibning otasi Abdulmanap Nurmagomedov charter reys orqali Toshkentga yetib kelgandi.
Ma’lumot uchun, 21 noyabr kuni Toshkentdagi Hilton mehmonxonasida GFC 20 musobaqasidan oldingi matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi. Musobaqaning o‘zi esa 23 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.