"Bunyodkor" futbolchisi Italiyaga ketmoqda. Uning harakatlari Inzagiga ma’qul tushgan

"Bunyodkor" futbolchisi Italiyaga ketmoqda. Uning harakatlari Inzagiga ma’qul tushgan
Klubning "Telegram" messenjeridagi rasmiy kanali bu haqda xabar bermoqda.

"Jasur Jaloliddinov Italiya B seriyasi ishtirokchisi "Benevento"ga o‘tadi. Uning harakatlari klub ustozi Filippo Inzagiga ma’qul kelgan. Batafsil tez orada ma’lum qilamiz", - deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, 17 yoshli futbolchi joriy yilgi mavsumda Superligada 19 bahsda maydonga tushib, 2 ta gol kiritdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar