Samarqandda o‘tkazilgan «Invest in Samarkand» I xalqaro investitsion forumida Ispaniyaning «Real Madrid» futbol akademiyasi Samarqand filialini tashkil etish yuzasidan kelishuv memorandumi imzolanishi kutilayotgani haqida xabar bergandik.
UzA’ning xabar berishicha, investitsion forum davomida Samarqand viloyati futbol assotsiatsiyasi va Ispaniyaning «Real Madrid» futbol akademiyasi o‘rtasida kelishuv memorandumi imzolandi.
«Samarqand viloyati hokimi, viloyat futbol assotsiatsiyasi prezidenti Erkinjon Turdimov forum doirasida «Real» klubining Markaziy Osiyo va Afrika qit’asi bo‘yicha maxsus vakili Arenilyas Inigo Chavesni qabul qildi.
Uchrashuv davomida Samarqandda «Qirollik klubi» akademiyasini tashkil etish masalalari muhokama qilindi. Uchrashuvda ikkala tomon mazkur hamkorlikni amalga oshirish bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalari, talab va takliflarini bildirdi. Yakunda kelishuv memorandumi imzolandi» - deya yoziladi manbada.
Ma’lumotlarga ko‘ra, akademiya filiali Samarqand shahridagi Motrid qo‘rg‘onida tashkil etilishi rejalashtirilgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi